"Buvim aytgan ertaklar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona xizmati doirasida 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Buvim aytgan ertaklar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga oʻzbek xalq ertaklari haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi, ertaklar oʻqib eshittirildi hamda ularning mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat olib borildi.
Tarbiyalanuvchilar ertak qahramonlari haqidagi oʻz fikr va taassurotlarini bildirdilar, savol-javoblarda faol ishtirok etib, ertaklardan olgan xulosalarini oʻrtoqlashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitobga mehr uygʻotish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi yuksak insoniy fazilatlarni singdirishdan iborat boʻldi.
Mazkur davra suhbati bolalarning mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.



