"Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish" kuni munosabati bilan Rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining faol oʻquvchilari ishtirokida 26-iyun "Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish" kuni munosabati bilan Rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchi yoshlar ushbu mavzu doirasida oʻz tasavvurlarini va mahoratini ishga solib qogʻozga tasvirlarni tushurishdi. Tanlov natijasiga koʻra 1-oʻrinni Orzuqulova Maftuna egalladi va yakunda gʻolib ishtirokchilarga hamda bir qator oʻquvchilarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tanlovda 22 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.