" Bugun kitob o'qib beraman " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Ona kitobxon bo'lsa, farzandlar salohiyatli , ma'naviyatli bo'lib ulg'ayadi. Qo'liga kitob tutmas onaning o'g'il qizidan esa bu jihatlarni kutib o'tirmang . Shu sababdan ham oilalarda onalarning kitobxonligini, ma'naviyatini oshirishni maqsad qilgan holda Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida kitobxon onalar ishtirokida " Bugun kitob o'qib beraman " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida xodimlar kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berishdi.Kitob taqdimoti bo'lib o'tdi hamda kitobxon onalar o'zlari o'qigan asarlari haqida fikr almashishdi.