“Boqiy qadriyatlar” deb nomlangan festival doirasida kutubxonaning eng sara adabiyotlaridan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etdi.
Joriy yilning 24-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi Ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlikda “Boqiy qadriyatlar” deb nomlangan festival doirasida kutubxonaning eng sara adabiyotlaridan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etdi.
🔖Mazkur ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi jami 200 dona kitob namoyish etilib, tashrif buyuruvchilarga milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
📌Ko‘rgazma davomida kitobxonlar uchun qiziqarli tavsiyalar berilib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.



