Bolalarga bering dunyoni nomli tadbir o'tkazildi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tamonida "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Yulduzcha" bolalar bog'chasida "Bolalarga bering dunyoni" nomli tadbir o'tkazildi.Tadbirda bolajonlar uchun qiziqarli bo'lgan kitobxonlik shartlari tashkil qilindi . Bunda "Rasmga qarab ertakni ayting","Topishmoqlarni toping", "Rasmlar tanlovi" bo'lib o'tdi.Barcha bolajon tadbirda faol ishtirok etdi.Tadbir so'ngida bolalarga bayram sovg'alari berildi.Tadbirda 30 dan ortiq bolajonlar qatnashdi.

