"Bolalar va kitob" nomli ma'naviy, qiziqarli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 28 - dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida 16- umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o'quvchilari bilan "Bolalar va kitob" nomli ma'naviy, qiziqarli sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida o'quvchilar kutubxona faoliyati , kitoblar joylashuvi, bolalar adabiyoti , kitobdan va kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat jarayonida o'quvchilarda kitobga bo'lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi. Sayohat jarayonida bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha asari" taqdimoti ham o'tkazildi. Tadbir davomida asarning mazmun - mohiyati , undagi qahramonlar obrazi hamda bolalik hayotning samimiy va quvnoq lahzalari haqida so'z yuritildi. Asar orqali do'stlik mehr- oqibat, mas'uliyat va oilaviy qadriyat kabi muhim tushunchalar yoritib berildi. O'quvchilar asarga katta qiziqish bilan quloq solib, o'z fikr va taassurotlarini bildirdilar. Bugungi sayohat va taqdimot bolalarning kitob mutolaasiga mehrini yanada oshirdi. Tadbirda 22 nafar o'quvchi ishtirok etdi.




