" Bolajonim dunyosi " nomli davra suhbati tashkil etildi.
" Kitob - bilim manbai , deymiz . Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero , inson bilimini asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida bolalarning sevimli yozuvchisi Anvar Obitjon tavalludi munosabati bilan tuman Madaniyat markazida kitobxon yoshlar ishtirokida " Bolajonim dunyosi " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida yozuvchining hayoti haqida ma'lumotlar berildi hamda qiziqarli savol-javob o'yinlari o'tkazildi.