"Bobur — sohib devon, sohir shoir " deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.
Tilshunos, san'atshunos serqirra ijod sohibi Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari hamda "Kitobxonlar klubi " a'zolari ishtirokida "Bobur — sohib devon, sohir shoir " deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.Tadbir avvalida kutubxona xodimlari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga to'xtalib, qiziqarli ma'lumotlar aytib o'tildi.Shu bilan birga o'quvchilar tomonidan Bobur g'azalidan kuy qo'shiqlar raqslar hamda g'azalxonlik tashkil qilindi.Kitobxonlar klubi a'zolari esa Bobur hayoti tasvirlangan go'zal sahna ko'rinishlari ijro qilishdi.Tadbir so'nggida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan savol-javob o'yinlari bo'lib o'tdi va eng faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlandi.