“Bobur merosi — avlodlar faxri” nomli tadbir tashkil etildi.
Markaz xodimlari tomonidan 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol kitobxonlari hamda “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida shoh va shoir, olim, sarkarda, ulug‘ davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlab “Bobur merosi — avlodlar faxri” nomli tadbir tashkil etildi.
📖Tadbir davomida o‘quvchilarga Boburning hayoti, iste’dodi hamda boy ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar bir-biridan ajoyib ruboiylarni yoddan aytib berdilar, raqslar bilan tadbirni yanada qiziqarli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Hamda o'quvchilarga
markaz tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.



