"Biz yangi - O'zbekiston farzandlarimiz " shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Kitob- axborotlarni, g'oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy- siyosiy ilmiy estetik qarashlarni shakllantirish vositasi, bilimlar targ'iboti va tarbiya quroli hisoblanadi. Shu boisdan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida 2 -umumiy o`rta ta`lim maktabida "Biz yangi - O'zbekiston farzandlarimiz " shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Do`stlik tuman IIB xodimlari, o`qituvchi va o`quvchilar hamda Jizzax Politexnika instituti o`qituvchi va talabalari, tuman hokimligi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek AKM mutaxassisi M.Raximova tomonidan o'quvchi yoshlarga kitobxonlikka oid qiziqarli ma'lumotlar berib o`tildi hamda turli viktorina, savol-javob o'yinlari tashkil etildi.