"Biz topqirmiz" nomli zakovat intellektual o'yini o'tkazildi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida eng faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Biz topqirmiz" nomli zakovat intellektual o'yini o'tkazildi. Zukkolar va Bilimdonlar jamoalari ishtirok etgan ushbu zakovat o`yinida 15 ta savol o`ynaldi. Jamoalar har bir savolga qiziqish bilan yondashib, o`zaro kelishgan holda javoblar berishdi. Yakuniy natijaga ko`ra Zukkolar jamoasi g`olib bo`lishdi va AKM tomonidan jamoa a`zolari esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.