"Biz sog'ingan ziyo maskani" nomli sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida Do'stlik tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchilari tomonidan "Biz sog'ingan ziyo maskani" nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohat o'quvchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxona ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi. Sayohatda 28 nafar o'quvchi ishtirok etdi.



