"Biz oiladagi zo'ravonlikga qarshimiz" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida Do'stlik tumani Mevazor MFY hududidagi sohil bo'yida "Biz oiladagi zo'ravonlikga qarshimiz" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu davra suhbatida kitobxonlarga oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatini oshirish, zo'ravonlikning oldini olish, sog'lom va totuv oilaviy muhitni shakllantirish borasida ma'lumotlar berildi va ushbu mavzuda yozilgan kitoblar oʻqish uchun tavsiya etildi. Shuningdek tadbir davomida ishtirokchilarga oiladagi psixalogik, jismoniy va iqtisodiy zo'ravonlik tushunchalari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun amalga oshirish kerak bo'lgan choralar haqida batafsil ma'lumot berildi va ishtirokchilar ham o'z fikr- mulohazalarini bildirib, mavjud muamolar bo'yicha savollariga javob oldilar.




