“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan o‘quvchi kitobxonlar ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✅ Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida fikr almashildi. O‘quvchi kitobxonlarga giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati tushuntirildi.
✅Suhbat davomida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob o‘qishga qiziqishlarini oshirish va sog‘lom hayot tarzini tanlashga chaqirildi.



