Biz giyohvandlikka qarshimiz
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-yil 25-iyun sanasida "Nastarin" yozgi bolalar oromgohida hamkorlikda 26-iyun "Giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida tadbir tashkil qildi.Tadbirda oromgoh dam oluvchilariga inson umrining zavoli bo'lgan giyohvandlik mavzusida ma'lumot berildi va rasmlar tanlovi tashkil qilindi.Bolalar o'rtasida chizilgan rasmlar g'oliblari aniqlandi hamda taqdirlandi.