“Birga o‘rganamiz, birga sayohat qilamiz”nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 6-fevral kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida faol kitobxon onalar va ularning farzandlari ishtirokida“Birga o‘rganamiz, birga sayohat qilamiz”nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitobxonlik madaniyati, shuningdek, kutubxonadan to‘g‘ri va samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
🔖Shu bilan birga, xodimlar va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy axborot-resurslar hamda boy va rang-barang adabiyotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sayohat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqish va mehr yanada mustahkamlandi.


