"Birga kitob o`qiymiz" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida "Birga kitob o`qiymiz" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Dastlab tadbirda o`quvchilarga yozuvchilar hamda ularning asarlar haqida qiziqarli ma`lumotlar berib o`tildi va o`qish uchun kitoblar tavsiya qilindi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi va o`quvchilar endilikda o`qish uchun adabiyotlar ro`yxatiga kerakli adabiyotlarni belgilab oldi.