"Bir asar tarixi" shiori ostida Ultimatum oʻquv markazi oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bir asar tarixi" shiori ostida Ultimatum oʻquv markazi oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yozuvchi Yuy Xuaning "Yashamoq" asari oʻquvchilarga soʻzlab berildi. Ushbu asarning qachon yaratilganligi, asardagi qahramonlar va asarning mazmun mohiyati haqida hikoya qilindi.
Oʻquvchilar bir qariyaning boshidan kechirgan ayanchli qismatidan oʻzlari uchun kerakli xulosa chiqardilar. Davra suhbatida 10 nafar faol kitobxon oʻquvchilar ishtirok etdilar.


