"Bir asar tarixi " shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida "Bir asar tarixi " shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida buyuk turk yozuvchisi Ahmad Gumbay Yulduzning "Gullar suvsaganda" nomli asari taqdimoti bo'lib o'tdi. Asarning mazmun mohiyati, qahramonlar va undagi kechinmalar to`laqonli o`quvchilarga tushuntirilib o`tildi va ushbu asar o`qish uchun tavsiya qilindi. Shuningdek taqdimot davomida o`quvchilar o'rtasida qiziqarli savol-javob viktorina o`yinlari o`tkazildi.