" Bir asar tarixi" shiori ostida Sanoatchilar MFY binosida davra suhbati tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan " Bir asar tarixi" shiori ostida Sanoatchilar MFY binosida kitobxon aholi ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida Ahmad Lutfiy Qozonchining "O`gay ona" asari taqdimot qilinib, asar mazmuni, undagi qahramonlarning kechinmalari, hayoti va asarning yaralish tarixi haqida kitobxonlarga aytib o`tildi. Ushbu asar o`qish uchun tavsiya qilindi.