"Bir asar tarixi" shiori ostida Pirimqul Qodirovning "Qora koʻzlar " romani taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 21-noyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi bibliografiya boʻlimi mutaxassisi tomonidan 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining faol kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Bir asar tarixi" shiori ostida Pirimqul Qodirovning "Qora koʻzlar " romani taqdimoti boʻlib oʻtdi.Davra suhbati davomida oʻquvchilarga asar mazmun mohiyati, undagi voqealar, qahramonlarning kechinmalari keng yoritib berildi. Shuningdek Pirimqul Qodirovning barcha asarlari haqida sharh berib oʻtildi.Davra suhbati bahs-munozaralarga boy boʻlib,16 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.