“Bir asar tarixi” shiori ostida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning mashhur “Sariq devni minib” asariga bag‘ishlangan kitob sharhi tashkil etildi.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning mashhur “Sariq devni minib” asariga bag‘ishlangan kitob sharhi tashkil etildi.
⚡️Tadbir davomida o‘quvchilarga adibning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Sariq devni minib” asarining mazmun-mohiyati, undagi qiziqarli sarguzashtlar, voqealar rivoji hamda asar qahramonlarining o‘ziga xos xarakter xususiyatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.


