" Bir asar tarixi " shiori ostida " Kitob tafakkur xazinasi " nomli tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida kitobxonlar ishtirokida " Bir asar tarixi " shiori ostida " Kitob tafakkur xazinasi " nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Erkin Vohidovning " Ruhlar isyoni " kitobi haqida kitobxonlarga ma'lumotlar berildi hamda qiziqarli savol-javob o'yinlari tashkil etildi. Kitobxonlar o'zlari o'qigan kitoblari haqida fikr almashishdi. Tadbir barchaga manzur bo‘ldi.