"Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida "Bir asar tarixi" shiori ostida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning besh qismdan iborat boʻlmish "Xamsa" asaridan xalq orasida mashhur boʻlgan, sevgi - muhabbatni o'zida aks etgan, Farxod misolida mardlik, jasurlik, oshiqlikni ko'rsatib bergan dostoni ya'ni "Farxod va Shirin" dostoni haqida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida o'quvchilar bilan qizgʻin bahs-munozaralar qiziqarli savol - javoblar bo'lib o'tdi.