"Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mevazor MFYda joylashgan 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Bir asar tarixi" shiori ostida Abdulla Qahhorning "Daxshat" hikoyasi haqida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda asarning mazmun mohiyati, undagi hayotiy kechinmalar haqida o`quvchilarga maruza qilindi va ushbu kitob o`qish uchun tavsiya etildi. Shuningdek o'quvchilar o`zlari qiziqtirgan savollariga tadbir davomida javob oldilar.