“Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
oriy yilning 6-mart kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumani FVB xodimlari bilan hamkorlikda “Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Shuhratning "Oltin zanglamas" asari haqida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida asardagi qahramonlarning taqdiri, ularning boshidan kechirgan voqea-hodisalari hamda asarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Xususan, FVB xodimlari ham asar borasidagi qarashlari va xulosalari bilan o‘rtoqlashib, davra suhbatining yanada mazmunli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.



