" Bir asar tarixi " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida " Bir asar tarixi " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu tadbirda sevimli adibimiz Said Ahmadning " Ufq "romani tadqimot qilinib, asarning yozilishi hamda mazmuni haqida o`quvchilarga tushunchalar berildi. Kitobxonlar asar borasida qiziqtirgan savollariga AKM mutaxassisi tomonidan javob oldilar.