“Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 24-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan hamda “Ultimatum” o‘quv markazi o‘quvchilari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida turk adibi Ahmad Lutfiy Qozonchining “Bir vijdon uyg‘onur” asari haqida so‘z yuritildi. Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda qahramonlarning hayotiy qarashlari xususida fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, asarda insonning o‘z xatolarini anglab yetishi, to‘g‘ri yo‘lni tanlashi va ma’naviy kamolot sari intilishi badiiy obrazlar orqali yoritib berilgan. O‘quvchilar asar qahramonlari, ularning hayot yo‘li va xarakter xususiyatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.


