“Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida ixtisoslashgan umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda 7-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida adib Ahmad Lutfiy Qozonchining “Bir vijdon uyg‘onur” asari mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Asarda bosh qahramonning hayot sinovlari, mudhish xatolari hamda vijdon uyg‘onishi orqali hayot yo‘lini yangidan boshlashi tasvirlanib, o‘quvchilarda chuqur taassurot va iliq tuyg‘ular uyg‘otdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar asar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda faol muloqot muhitida fikr almashdilar. Davra suhbatida jami 20 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.


