Bir asar tarixi shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 27-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari ishtirokida Bir asar tarixi shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Unda Maqsud Qoriyevning "Gʻaznaviylar" nomli tarixiy romani taqdimot qilinib, asar mazmun mohiyati oʻquvchilarga toʻlaqonli sharhlab berildi. 14 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etgan ushbu davra suhbati soʻngida oʻquvchilar ushbu asar borasida oʻz fikr mulohazalarini bayon etishdi.