,,Bir asar tarixi" shiori ostida amerikalik mashhur yozuvchi Sidni Sheldonning “Orziqib kutaman ertani” nomli asari yuzasidan kitob muhokamasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-iyul sanasida Doʻstlik tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari hamda va 7-son DMTT bilan hamkorligida kitobxon onalar ishtirokida ,,Bir asar tarixi" shiori ostida amerikalik mashhur yozuvchi Sidni Sheldonning “Orziqib kutaman ertani” nomli asari yuzasidan kitob muhokamasi tashkil etildi.
Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodi, asarning yaratilish tarixi hamda uning jahon adabiyotidagi oʻrni haqida maʼlumotlar berildi. Kitobda insonning matonati, hayot sinovlari qarshisida taslim boʻlmaslik, adolat uchun kurash va kelajakka umid bilan qarash kabi gʻoyalar yoritilgani taʼkidlandi.
Ishtirokchilar asar qahramonlarining murakkab taqdiri, voqealarning qiziqarli rivoji va muallifning oʻziga xos uslubi haqida fikr almashdilar. Muhokama davomida kitobning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, undan olinadigan hayotiy saboqlar xususida suhbat olib borildi.
Tadbir kitobxonlarda badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitob orqali maʼnaviy dunyoni boyitishga xizmat qildi.



