"Bir asar tarixi " shiori ostida Adliya bo`limi binosida davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish hamda ularning ma‘naviyatini yuksaltirish maqsadida aholi ishtirokida "Bir asar tarixi " shiori ostida Adliya bo`limi binosida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat davomida Ilhom Qahhorovning "O‘qing faqat yig‘lamang" kitobi taqdimot qilindi. Asar mazmuni, undagi hikoyalar yig`ilganlarga keng ma`noda tushuntirildi va o`qish uchun ushbu kitob tavsiya qilindi.