" Bir asar tarixi " shiori ostida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida " Bir asar tarixi " shiori ostida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida Abdulhamid Cho'lponning " Kecha va kunduz " asari haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida asarning yaralish tarixi, asar mazmuni, undagi qahramonlar va hayotiy kechinmalar haqida umumiy tushunchalar berib o`tildi. Shuningdek talabalar ham bu asar haqida o`zlarining fikrlarini bayon etishdi.