"Bir asar tarixi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 18-aprel sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazida 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida "Bir asar tarixi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" asariga bagʻishlandi. Unda yozuvchining hayoti va ijodi, insonparvarlik, ilm-maʼrifat hamda ustoz-shogird munosabatlariga oid qarashlari haqida qisqacha maʼlumot berildi.
Davra suhbatida asarning yaratilish tarixi, mazmuni va gʻoyaviy yoʻnalishi yoritilib, bosh qahramon Dyushen obrazi orqali ilm-fan va tarbiyaning jamiyatdagi oʻrni taʼkidlandi. Asardagi fidoiylik, sabr-toqat va ustozlik masʼuliyati oʻquvchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.
Tadbir davomida oʻqituvchi asar qahramonlari haqida oʻz fikrlarini bildirib, oʻquvchilarning kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi. Yakunda kitob mutolaasining ahamiyati haqida xulosa qilindi.
Tadbirda 15 nafar oʻquvchi qizlar ishtirok etdi.



