" Bir adib haqida suhbat " shiori ostida DONA EGLISH o'quv markazida davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida " Bir adib haqida suhbat " shiori ostida DONA EGLISH o'quv markazida kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obitjon hayoti va ijodiy faoliyati haqida so`z bordi. Aytish joizki yozuvchi asarlarida bir-biridan qiziqarli falsafiy fikrlar yashiringani va bu orqali yosh kitobxonlarning yozuvchi shoir ijodiga bo`lgan qiziqishini uyg`ota olgani alohida tahsinga loyiqdir.