"Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Uch Tom Irrigatsiya suv xo`jaligi bo`limi xodimlari ishtirokida Tohir Malik tavalludi munosabati bilan davra suhbati hamda adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etildi. Tohir Malik taniqli o'zbek yozuvchisi, o'zbek adabiy fantastikaning asoschilaridan biri, ma'rifat arbobi. " Do'stlik " ordeni va O'zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni sohibi.