"Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" shiori ostida jadid adabiyotining namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy haqida bahs munozara tashkil qilindi. Munozara kechasida adibning hayoti ijodi va ilim ma`rifat yo'lidagi fidokorona ishlari haqida suhbat bo'lib o'tdi. Shu bilan birga qiziqarli savol-javob o'yinlari tashkil qilindi.