" Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida " Bir adib haqida suhbat" shiori ostida akademik yozuvchi va shoir G'afur G'ulom haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlar o'zlari o'qigan asarlari haqida fikr almashishdi hamda turkiy adabiyotlar to'plamidan joy olgan G'afur G'ulomning asarlari kitobxonlarga tanishtirildi.