"Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do`stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Anvar Obidjonning hayoti va ijodi haqida suhbat qurildi va adibning ijodiy faoliyati haqida o`quvchilarga qiziqarli ma`lumotlar berib o`tildi. Shuningdek adibning bir qator kitoblari ko`rgazmasi tashkil qilinib, o`quvchilarga o`qish tavsiya qilindi.