"Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 14-avgust sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilar ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.Dastlab o‘quvchilarga O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar aytib o‘tildi.So‘ng o‘quvchilar intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida qiziqarli viktorina o‘yinlari o‘tkazildi.Davra suhbati barcha o‘quvchilarga birdek manzur bo‘ldi.


