"Bir adib haqida suhbat" shiori ostida adabiy kecha tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" shiori ostida buyuk rus adibi Mixail Bulgakovning hayoti va ijodiga bag'ishlab munozara kechasi tashkil qilindi. Kecha davomida adibning hayotiy faoliyati bilan birgalikda "Ityurak" asari taqdimoti ham bo'lib o‘tdi.