"Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil qilindi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim maktabining faol o'quvchilari ishtirokida Jadid adabiyotining buyuk namoyondasi ilm-ma`rifat fidoiysi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab "Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida AKM xodimlari tomonidan Behbudiyning hayot yo'li, uning boy adabiy merosi haqida o`quvchilarga ma`lumotlar berib o`tildi.