"Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Sevimli shoirimiz Iqbol Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlab o`tkazilgan tadbirda faol kitobxonlar ishtirok etdi. Iqbol Mirzoning qo‘shiqqa aylangan she`rlari va hayot yo‘llari haqida qiziqarli bahs munozara bo‘lib o‘tdi.Bahs munozara she`riyat kechasiga aylanib ketdi. Ushbu tashkil qilingan tadbirdan barcha ishtirokchilar mamnun bo‘ldilar.