“Bilimli kutubxonachilar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “Bilimli kutubxonachilar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
📚Mahorat darsida kutubxonachilar nafaqat kitob berish, balki bevosita axborotni to‘plash va tarqatish vazifasini ham bajarishlari ta’kidlandi. Ularning imkon qadar o‘z ustida ishlashi, ma’lumotlarni aniq va to‘g‘ri tarzda yetkazishi yuzasidan tavsiyalar berildi.
🔖Shu bilan birga, Prezidentimizning Murojaatnomasi hamda 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qaror ijrosi bilan qisqacha tanishtirildi.
📖Mahorat darsida kutubxona mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir axborot-bibliografiya xizmati tomonidan tashkil etildi.


