“Bilimlar bellashuvi” nomli zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Bilimlar bellashuvi” nomli zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
📌Zakovat intellektual o‘yinida jamoalar uch guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Bellashuv davomida 10 ta qiziqarli va mantiqiy savollar berildi.
📝O‘quvchilarning bilimini oshirish hamda yosh avlod o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu zakovat o‘yini bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
💎O‘yinda 15 nafar bilimdon o‘quvchi ishtirok etdi.



