"Bilim maskaniga sayohat" tanishtiruv ekuskursiyasi tashkil etildi.
Joriy yilning 22 - fevral sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun "Bilim maskaniga sayohat" tanishtiruv ekuskursiyasi tashkil etildi.Sayohat davomida o'quvchilar kutubxonaning bo'limlari , kitob fondi hamda foydalanish qoidalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bolalar badiiy adabiyotlar, bolalar kitoblari hamda yangi nashrlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek "Faol kitobxonlar" burchagi, elektron o'quv zali xizmati va o'quv zallari haqida tushunchalar berildi. Mazkur sayohat yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga jalb etish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Sayohat davomida 15 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.
