“Bilim izlab” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 16-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘quvchilarning talab va istaklari asosida “Bilim izlab” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda kutubxonadan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kichik yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, ertak kitoblari va rang-barang bolalar nashrlari namoyish etildi.


