"Bilim bilan yuksal" zakovat intelektual o`yini tashkil qilindi
Joriy yilning 20-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Dostlik tumanidagi Axborot-kutubxona markazida kitobxon o’quvchilar orasida"Bilim bilan yuksal" zakovat intelektual o`yini tashkil qilindi. Ular to’rtta jamoaga bo’linib, bilim va zakovatlarini sinab ko’rdilar. O’yin davomida tarix, adabiyot, geografiya va umumiy bilimlarga oid savollar berildi. Jamoalar savollarga javob topishda tezkorlik, hozirjavoblik va jamoaviy hamkorlikni namoyon etdi.
✨Bellashuv qizg’in kechdi. Ishtirokchilar bir-biridan qolishmay, o’z bilimlarini to’liq namoyish qilishga harakat qildilar. Yakunda g’olib bo’lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi. Qolgan ishtirokchilarga ham faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirildi.



