"Behbudiy izdoshlari" nomli zakovat intellektual o'yini tashkil qilindi.
Joriy yilning 14-noyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "INFOLIB Oʻzbekiston-2025" XIV Milliy axborot -kutubxona haftaligi doirasida Turkiston jadidchilik harakati asoschisi ma'rifatparvar olim va yozuvchi dramaturg va jamoat arbobi Maxmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi va 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxon o'quvchilaridan tuzilgan 4 ta jamoa ishtirokida "Behbudiy izdoshlari" nomli zakovat intellektual o'yini tashkil qilindi.Zakovat intellektual o'yini avvalida Maxmudxo'ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan videoroliklar namoyishi tashkil qilindi.O'yinda Alpomishlar nomli yigitlar jamoasi Bilimdonlar, Zukkolar va Intellekt nomli qizlar jamoalari qizg'in bellashishdi.Bellashuvda o'zlarining bilimi va topqirligi bilan Intellekt qizlar jamoasi 1- o'rinni Alpomishlar nomli yigitlar jamoasi 2-o'rinni Zukkolar va Bilimdonlar jamoalari 3- o'rinni egallashdi. Tadbir juda qiziqarli bo'lib barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo'ldi.




