"Bayrog'imiz-g`ururimiz,orimiz" nomli tadbir
Do‘stlik tuman Axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatlik texnikumi talabalari hamda Mevazor MFY dagi aholisi o‘rtasida "Bayrog'imiz-g`ururimiz,orimiz" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla xotin qizlar qo‘mitasi raisi tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi. So`ng axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davlat bayrog`i haqida ma`lumotlar berilib, tadbir qatnashchilari bilan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Yurtimiz bayrog'i doimo yuksaklarda hilpirasin. Barchamizga bayrog'imizning 31 yilligi muborak bo‘lsin.